aydi. Shu tariqa har bir mavzuni ozingizga moslagan holda ingliz tili grammatikasini oz xohishlaringiz, uslubingiz, qarashlaringizdan kelib chiqqan holda oson organishni boshlaysiz. Muhimi tashqi muhit emas. Eng muhimi - bajarayotgan ishingizga nisbatan munosabatingiz!
Mavjud bilimlaringizdan unumli foydalaning.
Rus tilini yaxshi bilasizmi? Agar bilsangiz, ingliz tilini organish jarayonida bu bilimingizdan unumli foydalanishingiz mumkin! Rus tili grammatikasi ingliz tili grammatikasiga qanchalar yaqin ekanligini juda yaxshi bilasiz. Bu mutanosiblikdan ikki tilni solishtirgan holda yangi bilimlarni egallashda foydalanishingiz mumkin. Ingliz tili va rus tili grammatikasi ortasidagi oxshashlik yoki farqli jihatlarni sinchiklab organib chiqish jarayonining ozida ham qanchadan-qancha yangi tushunchalarni ozlashtirib olish mumkin!
Страницы: << < 2 | 3 | 4