amlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini amalga oshiradilar.
Antropologlar qadimgi odamlarning qoldiqlari (skelet va boshchanoq)ni sinchiklab tekshirib, ularning tashqi korinishini tiklaydilar, ming yillar avvalgi kishilarning tashqi qiyofasida roy bergan ozgarishlarni organadilar.
Etnograflar qadimgi odamlarning kopgina udumlari, xojalik va madaniy ananalarini saqlab qolgan hozirda mavjud qabilalar va xalqlarni organadilar.
Lingvistlar, yani tilshunoslar u yoki bu zamonaviy tilning qanday shakllanganini bilish maqsadida qadimgi tillarni organadilar.
Qadimgi tarix boyicha manbalar.
Biz olkamizning eng qadimgi tarixini qanday organamiz? Axir, osha uzoq zamonlarda yozuv bolmaganku?! Olkamiz eng qadimgi tarixining keng organilgan manbalari qadimshunoslar tomonidan topilgan model iy manbalardir. Mehnat qurollari, sopol idishlar,qurol - aslahalar, zeb - ziynat buyumlari, xullas, qadimda inson qoli bilan yaratilgan hamma narsalar shular jumlasiga kiradi.
Yozma manbalar topilishi bilan olimlarga qadimgi mingyilliklar tarixini tiklash osonlashdi. Orta Osiyo tarixi boyicha eng qadimgi yozma manba zardushtiylarning muqaddas kitobi "Avesto"dir. Unda yurtimizning qadimgi tarixiy viloyatlari Baqtriya, Sogdiyona, Xorazm aholisi madaniyati togrisida hikoya qilinadi.
Qadimgi davr tarixiga doir yana bir yozma manba Behistun qoyalaridagi yozuvlardir. Behistun qoyalari Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida joylashgan. Fors shohi Doro 1 buyrugi bilan qoyaga oyib yozilgan qadimgi fors, elam va bobil tillaridagi yozuvlarda, Doro 1 zabt etgan mamlakat va xalqlar, shu jumladan, Xorazm, Sogdiyona, Baqtriya davlatlari sanab otiladi.
Miloddan avvalgi 5 - asrda qadimgi yunon tarixchisi Gerodot turli mamlakatlarga sayohat qilib, toqqiz kitobda
Страницы: << < 1 | 2 | 3 | 4 > >>